1

Madad-shifo: “QO`L TERISIDAGI DOG`LAR JIGARDANMI?”

Salomatlik 21.10.2017, 13:43
Madad-shifo: “QO`L TERISIDAGI DOG`LAR JIGARDANMI?”

— Yoshim 40 da. Qo`l kafti terisining ustki qismida dumaloq jigarrang dog`lar bor. To`g`risi, dog` qachondan paydo bo`lganini ham bilmayman. Ammo kundan-kunga rangi to`qlashib borayapti. Ba`zilar bu jigardan, deydi. Haqiqatan ham shundaymi? Davolasa bo`ladimi?

Gulbahor Sultonova, Angren shahri

Rustam ZOKIROV, dermatovenerolog:

— Savolingizdan kelib chiqib, teridagi dog`lar teratoma bo`lishi mumkin degan taxminga kelayapman. Teratoma yoshga doir teri o`zgarishlaridan bo`lib, aksar hollarda 50-60 yoshdan so`ng boshlanadi. Ba`zilarda esa ertaroq boshlanishi ham mumkin. Dog` hosil bo`lishining asosiy sababi quyosh nurining ta`siridir. Uzoq vaqt quyoshda yurish teri qatlamini zararlantirib, turli dog`larni paydo qiladi. Och jigarrang ko`rinishdagi dog` keyinchalik kattalashishi, to`qlashishi va ustki qismi dag`allashishi mumkin. Mazkur dog`lar ichki a`zo kasalliklari bilan ham bog`liq bo`lishini inkor etib bo`lmaydi. Hozirgi holatingizda shifokorga murojaat eting, tibbiy ko`rikdan o`ting. Agar organizmda dog` tushishiga sabab bo`luvchi kasalliklar aniqlanmasa, teri o`zgarishini lazer muolajasi bilan davolash mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1