AsosiyJamiyat

UCh YoShLI O`ZBEK QIZI AMERIKADAGI QORILAR MUSOBAQASI G`OLIBI BO`LDI

'UCh YoShLI O`ZBEK QIZI AMERIKADAGI QORILAR MUSOBAQASI G`OLIBI BO`LDI'ning rasmi

Uch yoshga endigina to`lgan o`zbek qizi Maryam AQShda o`tkazilgan Qur`oni Karim musobaqasida 2-o`rinni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi Azon.uz nashri.

Musobaqada 2 va 18 yosh oralig`idagi bolalar va 18 yoshdan baland kattalar ham ishtirok etib, o`z bilimlarini sinab ko`rishdi. Ishtirokchilai yoshlariga qarab bir nechta guruhga ajratilgan holda sinovdan o`tishdi. Ya`ni, kichiroq yoshdagi bolalar kichikroq, kattaroq yoshdagilari esa kattaroq suralar bo`yicha va savol-javoblar bilan sinaladi. 14 oktyabrda ushbu bo`lib o`tgan musobaqa natijalari e`lon qilinib, g`oliblar taqdirlandilar.

Ma`lum bo`lishicha, Vashington shtatida bo`lib o`tgan ushbu bellashuvda bu safar jajji o`zbek qizalog`i Maryam ham ishtirok etib, 5 yoshgacha bo`lgan qariyb 30 nafar ishtirokchi ichidan 100 dan 98 ball bilan 2-o`rinni qo`lga kiritdi.

Maryam 3 yoshni qarshi oldi. Lekin, yosh bo`lishiga qaramasdan musobaqada ishtirok etib, hay`at a`zolarini o`z bilimi bilan lol qoldirdi. Maryam o`zining bu yutug`i bilan Redmond masjidi imomi bo`lmish Imom Nabeelning olqishiga sazovor bo`ldi.

“U bizning to`ng`ich farzandimiz. Bilim olishga, xususan kitoblarga juda kichkinaligidanoq mehr qo`ygan. U bir yoshligidayoq o`zbek va ingliz tillarida o`z yoshiga nisbatan ancha mukammal gaplashardi. Maryam boshqa qizlardek qo`g`irchoq o`ynashni yoqtirmaydi. O`rniga u legodan binolar qurishni, dadasi bilan har xil kranlar, robotlar yasashni va injinerlikka oid mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni sevadi. Mantiq, matematika, geografiya, va anatomiyani juda yaxshi ko`radi. Hozirda esa matematika, ingliz tilida o`qish va yozish jihatidan bilimi 2-sinf darajasida. Mantiqiy fikrlash, tafakkur qilish va suhbatlashish doirasi 10-12 yoshlarnikiga teng. Yaqinda u yana arab, turk va rus tillarini ham o`rganishni boshladi. Maryamning kosmos, quyosh, planetalar, va yulduzlarni o`rganishga bo`lgan qiziqishi va mehri alohida. Qizimizning zehni o`tkir. Har bir yangi ma`lumotni 1-2 marta eshitishidayoq darrov zehniga quyib oladi. Uning xotirasi ham juda kuchli bo`lib, Qur`onning har bitta oyatini 3-4 marta takrorlagandayoq to`liq yodlay oladi. Qur`on suralarini yodlashni esa Maryam bir yarim yoshida ayasi bilan boshlagan. Hozirda 30 juz`ning ko`pgina suralarini yod biladi. “Naba” uning eng sevib o`qiydigan surasidir. Maryam har bir surani yodlab bo`lgandan keyin sovg`a sifatida ota-onasi uni o`zi xohlagan joyga olib borishadi. 30-juz`ni to`liq yodlab tugatganidan keyin esa, uni muvaffaqiyati bilan rag`batlantirish va qiziqishini yanada orttirish maqsadida o`zi xohlagandek haydaladigan pushti mashina va`da qilingan. Maryam bog`chaga bormaydi. Uyda onasi qo`lida ta`lim oladi. Bilganlarini esa singlisiga ham o`zi o`rgatadi. Yana shuni aytib o`tish kerakki, unda tavhid haqidagi tushunchalar ancha erta shakllanishni boshladi. Alloh bizni doim ko`rib turganini va hamma narsa uning iznida ekanligini hozirdanoq tiniq idrok etadi. Uyda biron narsa tugab qolsa yoki biron joyi og`rib qolsa, darrov qo`lchalarini duoga ochib, Allohdan shu narsani yoki shu shifoni so`raydi. Va, bularga erishgach, qo`lini takror ko`tarib Unga hamd aytishni ham hech unutmaydi. Kelajakda esa hofizu Qur`on, doktor va katta olima bo`lishni istaydi”, deydi Maryamning ota-onasi.

    Boshqa yangiliklar