1

Sochi olimpiadasida «anjanchasi»ga o`ynashadi(VIDEO)

Sport 01.02.2014, 19:00
Sochi olimpiadasida «anjanchasi»ga o`ynashadi(VIDEO)
Ma`lumki 7 fevral kuni Rossiyaning Sochi shahrida mahalliy vaqt bilan soat 20.14da  XXII Qishki olimpiada o`yinlari tantanali ochilish marosimi boshlanadi. Olimpiadada uch nafar hamyurtimiz qatnashadi.

Shuningdek,  [url=http://olamsport.com/uz/2014/02/01/sochi_olimpiadasida_anjanchasiga_oynashadi]olamsport.com saytining xabar qilishicha, figurali uchish bo`yicha Rossiya terma jamoasi a`zolari Elena Ilinix va Nikita Kasalapovning o`zbek milliy libosida muzga chiqishlari kutilmoqda.
Bu duet milliy musiqamiz sadolari ostida o`z chiqishlarini namoyish etishadi. Bu g`oya sportchilarning ustozi Nikolay Morozov hamda bastakor Eduard Kalandarovdan chiqqan. O`tgan yilning dekabr oyida o`tkazilgan Rossiya chempionatida bu duet aynan shu ko`rinishda chiqish qilgan va yakunda ikki dastur bo`yicha kumush va bronza medalini qo`lga kiritgandi.


<center><iframe width="640" height="360" src="http://mytube.uz/272518.embed" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>
 
 
 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1