AsosiyDunyo

TOJ MAHAL DIQQATGA SAZOVOR TURISTIK JOYLAR RO`YXATIDAN ChIQARIB TAShLANDI

' TOJ MAHAL DIQQATGA SAZOVOR TURISTIK JOYLAR RO`YXATIDAN ChIQARIB TAShLANDI'ning rasmi
Hindistondagi Uttar-Pradesh shtati turizm rahbari Rita Baguna Joshi shtatning turizm tizimi haqidagi yangi broshyurasini taqdim etdi. Unda sayyohlik uchun tavsiya etilgan turli markazlar ro`yxati bo`lib, dunyoning 7 mo``jizasidan biri bo`lmish Toj Mahal olib tashlangan. Bu haqda "independent" nashri xabar berdi.

1983 yildan boshlab YuNESKOning merosi bo`lib kelgan Toj Mahal yiliga qariyb 7 million sayyohlarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Avvalroq shtatning bosh vaziri Yogi Adityanatx Hindistonga tashrif buyurgan mashhurlarga Toj Mahalning kichik maketini sovg`a qilish odatini tanqid qilgan edi. Uning fikricha, ushbu qadimiy bino Hindiston ma`daniyatini ko`rsatib bermaydi.

    Boshqa yangiliklar