2017 yilning 23 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning sentyabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegasiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.






