AsosiySport

Meksikalik bokschi nokautdan so`ng vafot etdi

Meksikalik bokschi Oskar Gonsales hamyurti Xesus Galisiyaga qarshi jangda nokautdan so`ng olamdan o`tdi.  

Voqea 1  fevral kuni Mexikoda bo`lib o`tgan jangning 10-raundida sodir bo`ldi. 23 yoshli sportchi miya jarohati bilan shifoxonaga etkazildi. Biroq shifokorlar unga yordam bera olishmadi va bir kun o`tib, Oskar Gonsales vafot etdi.
 
O`zining bokschilik faoliyati davomida Oskar Gonsales 26 jangdan 23 tasida g`alaba qozongan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar