AsosiyJamiyat

“O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI” BORTKUZATUVChI LAVOZIMIGA QIZLAR TANLOVINI E`LON QILDI

'“O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI” BORTKUZATUVChI LAVOZIMIGA QIZLAR TANLOVINI E`LON QILDI'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasida bortkuzatuvchi lavozimiga qizlar tanlovini e`lon qildi.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, Toshkent shahrida propiskadan o`tgan bo`lishi yoki vaqtincha ro`yxatdan o`tgan bo`lishi, yoshi - 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov o`tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga etmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo`yilmaydilar. Qizlarning ma`lumoti – o`rta maxsusdan past bo`lmasligi kerak (akademik lisey yoki kollej), davlat, rus va ingliz tillarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun etarli hajmda bilish shart. Qo`shimcha chet tillarni bilishiga alohida e`tibor beriladi.

Qizlarning tashqi ko`rinishga qo`yiladigan talablar:

• Bo`yi: 162 sm dan 175 sm gacha. Og`irligi bo`yiga mutanosib bo`lishi kerak. Xushbichim, kelishgan qaddi qomatli, yuzida va tana tuzilishida ko`rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo`lmasligi, sariq va oq metallardan tish qoplamalari bo`lmasligi, nutqi ravon bo`lishi, tanasining ko`rinib turadigan joylarida pirsing va tatuirovka bo`lmasligi kerak, sochlar batartib turmaklangan bo`lishi zarur.

Ariza topshirish uchun zarur hujjatlar ro`yxati:

• Pasport nusxasi.

• Ma`lumoti to`g`risidagi hujjat – attestat yoki diplom nusxasi, baholar varaqasi bilan birga.

• Til bo`yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma (mavjud bo`lsa);

• Harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun),

• Mehnat daftarchasi (mehnat staji bo`lganda).

Hujjatlar topshirilayotgan paytda anketa-ariza to`ldiriladi.

Yonida pasport va 6x9 o`lchamdagi bitta fotosurat bo`lishi kerak.

Arizalar to`liq komplekt holida qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.

Tanlovda nomzodlarning umumiy saviyasi va ong-bilim darajasiga katta e`tibor beriladi: ular mamlakatimiz tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlarimizning biografiyasi, dunyo geografiyasi bo`yicha bilimga ega bo`lish kerak.

Tanlov o`tkazish natijalarini obektiv ko`rib chiqish maqsadida tanlov ishtirokchilari javoblarini audio/video yozuviga olishga yo`l qo`yiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar tibbiy ko`rikdan o`tadilar. Sog`liqqa qo`yiladigan talablar o`ta yuqori. Parvoz ishlariga layoqatlilik haqida xulosani vrachlik–uchuvchilar ekspert komissiyasi beradi.

Arizalar Milliy aviakompaniyaning Uchuvchilar majmuasida Toshkent shahar, Lokomotiv ko`chasi manzilida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 09-00 dan 12-00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovga hujjatlar 2017 yilning 10 noyabriga qadar qabul qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar