1

Madad-shifo: “MUShAK MIOGELEZASI BUKRILIKMI?”

Salomatlik 24.10.2017, 12:33
Madad-shifo: “MUShAK MIOGELEZASI BUKRILIKMI?”

— So`nggi kunlarda bo`ynimda shish paydo bo`lib, har zamon og`riq berayotgandi. Shifokorga ko`rinsam, “bu mushak miogelezasi”, dedi. Agar davolanmasam, shish kattalashib, bukriga aylanishi mumkin ekan. Shu rostmi? Bu qanday kasallik o`zi?

Nurilla Usmonov, Samarqand viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Tibbiyotda ushbu xastalik bo`yin mushaklarining zichlashib, qotib qolishi holatiga aytiladi. Odatda og`ir mehnat turi bilan shug`ullanuvchi yoki muntazam jismoniy mashqlar natijasida organizmda zo`riqish paydo bo`lsa, xastalik avj oladi. Kasallik belgisi bo`yinda og`riq hissining paydo bo`lishi bilan boshlangani bois avvaliga u qadar jiddiy tuyulmasligi mumkin. Ammo bora-bora shish kattalashib, og`riq zo`raygach, bezovtalik ham ortadi. Xastalikni davolash uchun tartibli muolaja talab qilinadi: uqalash, yallig`lanishga qarshi preparatlar, fizioterapiya kabilar shular jumlasidan. Shu bilan birga, gavdani tik tutib yurish, kechki vaqtda engil jismoniy mashqlar, tanani zo`riqtirmaslik, o`z vaqtida dam olish ham muhim ahamiyatga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1