1

Madad-shifo: “KO`Z OSTIDAGI ShIShLAR NIMANING ALOMATI?”

Salomatlik 24.10.2017, 12:42
Madad-shifo: “KO`Z OSTIDAGI ShIShLAR NIMANING ALOMATI?”

— Ertalab uyqudan uyg`onganimda ko`zimning tagida shish paydo bo`lib qolayotganini sezayapman. Ilgari sira bunday bo`lmasdi. Buning sababi nimada ekanligini bilmoqchi edim?

A.Sultonov, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor: — Buyrak va yurak faoliyatidagi o`zgarishlar, allergik holatlar, uyqusizlik, organizmning zo`riqishi ta`sirida ham ko`z osti qopchalarida shish paydo bo`ladi. Sizning holatingizda kun davomida qancha miqdorda suyuqlik qabul qilishingiz, necha mahal peshob ajralishi va tananing boshqa sohalarida ham shu kabi shishlar bor-yo`qligi o`rganilib, shunga ko`ra tashxis qo`yish mumkin. Bordi-yu salomatligingizda boshqa shikoyatlar ham bo`lsa, albatta shifokorga bildirishingiz lozim. Tahlil xulosalari muammo sababini ko`rsatgach, kerakli muolaja tanlanadi. Ammo ko`z osti qopchasidagi shishga shunchaki befarq bo`lish yaramaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1