1

ME`YoRDAGI TANA VAZNINGIZNI BILASIZMI?

Salomatlik 24.10.2017, 12:59
ME`YoRDAGI TANA VAZNINGIZNI BILASIZMI?

Mutaxassislar, har bir insonning tana vazni bo`y o`lchamiga mos bo`lishi kerak, deyishadi. Aynan mana shunda sog`liq bilan muammo bo`lmas ekan. Bu mavzu o`zimga ham qiziq tuyulgani bois dunyo fitnes murabbiylari tomonidan foydalaniladigan 5 xil vaznni aniqlash uslubi bilan tanishtirmoqchiman. Ko`rsatmalar bilan tanishib, aslida vazningiz qancha bo`lishi kerakligini bilib olasiz.

KETLE indeksi

Mazkur uslub shifokorlar tomonidan keng qo`llanilib, ortiqcha yoki normal tana tuzilishi uchun etishmayotgan vaznni aniqlashda ishlatiladi. Qarshi ko`rsatmalariga ko`ra esa homiladorlar, emizikli ayollar, kichik yoshdagi bolalar va keksalarda qo`llanilmaydi.

KETLE indeksini hisoblash quyidagicha bo`ladi. Masalan, ayolning bo`y o`lchami 1,6 metr, vazni 60 kg. Buning uchun vazn ko`rsatkichini bo`y ko`rsatkichi kvadratiga bo`lish kerak bo`ladi.

Ya`ni quyidagicha: 60:(1,60x1,60)=23,44. Demak, bu holatda indeks 23,44 ga teng bo`ladi.

Erkaklar uchun KETLE indeksidagi me`yoriy o`lcham 19-25, ayollarda esa 19-24 oralig`ida bo`lishi maqsadga muvofiq.

Jon MAKKALLUM formulasi

Vaznni o`lchash uchun mo`ljallangan eng samarali formulalardan biri sanalib, uslubchi Jon Makkallum tomonidan ishlab chiqilgan. Formula asosida qo`l bilagi aylanasini o`lchash etadi. Shunga ko`ra :

  • Ko`krak aylanasi o`lchamini aniqlashda, bilak aylanasi o`lchamini 6,5 ga ko`paytirasiz.
  • Bo`ksa aylanasi ko`krak aylanasida hosil bo`lgan ko`rsatkichning 85 foiziga teng.
  • Bel aylanasi ko`krak aylanasi o`lchamining 75 foiziga teng.
  • Ko`krak aylanasining 37 foizi bo`yin aylanasi o`lchamiga teng sanaladi.
  • Elka bilan tirsakni birlashtiruvchi mushak o`lchami ko`krak aylanasining 36 foiziga teng bo`ladi.
  • Bilak aylanasi ko`krak aylanasining 29 foiziga teng kelishi lozim.

Albatta, bu hisob-kitoblar nisbiy yondashuv holos. Aslida esa har bir organizmning o`zi uchun maqbul bo`lgan vazn ko`rsatkichi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1