05.02.2014 15:43
"Paxtakor" stadionini OChL o`yinidan avval qordan tozalashmoqda
Yurtimizdagi noqulay ob-havo tufayli stadion qor bilan qoplangan. Bugun "Paxtakor" stadionini qordan tozalash maqsadida hashar o`tkazilmoqda. Bu haqda "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati vakili Ma`mur Mamadaliev tvitterdagi sahifasida xabar qoldirgan.
Eslatib o`tamiz, uchrashuv 8 fevral kuni soat 15:00da “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi.