AsosiyJamiyat

​FARG`ONALIK OTAXON HAJGA YIQQAN PULINI QIShLOQQA SUV OLIB KELIShGA SARFLADI

'​FARG`ONALIK OTAXON HAJGA YIQQAN PULINI QIShLOQQA SUV OLIB KELIShGA SARFLADI'ning rasmi

Farg`ona viloyati, Buvayda tumanining Beshterak qishlog`i, O`rtaqishloq mahallasida istiqomat qiluvchi Mamarasul ota Kamolovning tashabbusi va saxovati bilan 270 metrlik quduq qazilib suv chiqarildi. Natijada 2 ming 300 dan ortiq aholi toza ichimlik suvidan bahramand bo`ldi.

O`rtaqishloq mahallasi aholisi necha yillardan buyon toza ichimlik suvi muammosi bilan yashardi. Mang`it qishlog`idan 1,5 kilometr masofadan tortilgan suv quvurlari allaqachon yaroqsiz holga kelgan, hududdagi 26-umumta`lim maktabi, 7-maktabgacha ta`lim muassasasi ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanmagan edi. To`g`ri, bir necha bor suv minorasi yoniga quvur kavlash reja-loyihasi mutasaddilar tomonidan ishlab chiqilgan, biroq ayrim sabablarga ko`ra loyiha amalga oshirilmay kelinardi, deb yozadi O`zA.

– Ko`ngliga tugib qo`ygan niyatini hammadan sir tutib kelgan ekan, ikkovlon hajga boramiz deb 45 million so`m pul yig`ib qo`ygandik. Bir kuni o`g`lim Foziljonga muddaosini aytdi. O`g`lim, shu mablag`ni qishloqqa toza ichimlik suvi olib kelishga sarflaymiz, meni ezgu ishdan qaytarmanglar, dedi. Men ham joni dilim bilan rozi bo`ldim. O`g`lim ham ota amri vojib, deb ishga kirishdi, – dedi Mamarasul otaning ayoli Munavvarxon aya.

    Boshqa yangiliklar