AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDAN XITOYGAChA XALQARO AVTOMAGISTRAL OChILDI

'O`ZBEKISTONDAN XITOYGAChA XALQARO AVTOMAGISTRAL OChILDI'ning rasmi

Joriy yilning30 oktyabr kuni “O`zbekiston – Qirg`iziston – Xitoy” yo`nalishi bo`yicha xalqaro avtokarvon yo`lga chiqdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Elyor G`aniev, Qirg`iziston Respublikasi transport va yo`l vaziri Jamshidbek Kalilov, Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi xavfsizlik bo`yicha departamenti direktori Chen Pin va boshqalar ishtirok etdi.

Umumiy uzunligi 900 kilometrdan ziyod masofani tashkil etadigan “Toshkent – Andijon – O`sh – Irkishtom – Qoshg`ar” yo`nalishining ochilishi O`zbekistondan Xitoygacha bo`lgan yuk tashish xarajatini sezilarli ravishda kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi.

Xalqaro avtokarvon doirasida O`zbekiston, Qirg`iziston va Xitoy yuk mashinalari “Toshkent – Andijon – O`sh – Irkishtom – Qoshg`ar” yo`nalishi bo`yicha ilk bor yo`lga chiqdi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar