O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 oktyabrdagi PQ-3354-sonli qarori bilan Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi raisining avtomobil yo`llarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari - "O`zyo`lko`kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, "O`zyo`lko`kalamzorlashtirish" unitar korxonasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 11 sentyabrdagi "Avtomobil yo`llaridagi ko`kalamzorlashtirish va me`moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, "Avtoyo`lko`kalamzorlashtirish" korxonasi negizida tashkil etilgan edi.






