1

"LESETTINI" OLIB QOChGAN ShAXS QO`LGA OLINDI

Jinoyat 31.10.2017, 17:32
"LESETTINI" OLIB QOChGAN ShAXS QO`LGA OLINDI

2017 yil 13 sentyabr kuni soat 11:20 dan 16:20 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, Aliboev Nurillo G`aybullo o`g`li, Sergeli tumanida joylashgan avtomashinalar yuvish joyida, fuqaro Rasulov Nurbek Sobirovich o`ziga tegishli bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini yuvish uchun qoldirganligi hamda kaliti o`t oldirish joyida bo`lganliginidan foydalanib, uni olib qochgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Bektemir tumanidagi “Qo`yliq” bozorining yonidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va N.G`.Aliboevni ushlash choralari ko`rilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, N.G`.Aliboev aniqlangan va ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1