AsosiyJamiyat

UY IChIDA QOLIB KETGAN BOLA QUTQARIB OLINDI

'UY IChIDA QOLIB KETGAN BOLA QUTQARIB OLINDI'ning rasmi

2017 yilning 1 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Qarshi shahrida yashovchi M.A tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga ko`ra, xonadon egasining temir eshigi qulflanib, uy ichida 2014 yilda tug`ilgan farzandi yolg`iz qolib ketganligi, shuningdek gaz plitasi yoniq holda ekanligi aniqlangan.

Mazkur murojaat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga etib borishdi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida temir eshikni ochib, 3 yoshli bolani ota-onasiga topshirdilar. Bu orqali qutqaruvchilar sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga muvaffaq bo`ldilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar