Cheksiz koinot o`zining sirlari bilan hamisha insonlarning diqqat markazida bo`lgan. Ayniqsa, unda uchib yuruvchi osmon jismlarininghar galsayyoramizga yaqinlashishi erliklarni kuchli hayajonga soladi. Oktyabr oyidi odamzodni xavotirga solib yana bir asteroid er yaqinidan uchib o`tdi. Bu voqea OAVlarda katta shov-shuvga ham sabab bo`ldi. Aslida kosmik jismlar er uchun nechog`li xavfli va ularning har gal yaqindan uchib o`tishi insoniyatning xavotirlanishigaarziydimi?
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining katta ilmiy xodimi Otabek Burhonovning so`zlariga ko`ra, bu astroidlar insoniyat hayoti uchun turli xorijiy OAVlar vahima ko`targan darajada xavfli emas.
SAYYoRAMIZGA ENG YaQIN KELGAN JISM
Otabek BURHONOV:
— Oktyabrda Erga 42 ming kilometr masofadagi yaqinlikda o`tib ketgan 2012 TS4 asteroidning diametri 30 metr atrofida edi. Bu o`lcham avvalgilari bilan solishtiradigan bo`lsak, unchalik katta emas. Ammo, olimlar uni Erga eng yaqin kelgan kosmik jism deb hisoblashmoqda.
ChELYaBINSKKA TUShGAN METEORITDAN ANChA KIChKINA
Ko`pchiligimiz televidenie vainternet tarmoqlari orqali2013 yilning fevralida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tushgan meteorit haqidagi holatlarni video lavhalar orqali tomosha qilganmiz. O`shanda Chelyabinskga tushgan meteorit parchasining diametri 50 metr edi. Ushbu kosmik jismning Erga tushishi tufayli binolarning oynalari zarar ko`rgandi, xolos. To`g`ri, bu to`qnashuv tufayli minglab kishi tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan bo`lsada, ammo ularning hayoti uchun jiddiy xavf tug`ilmagan. Agar 2012 TS4ni Chelyabinskka tushgan meteorit bilan taqqoslaydigan bo`lsak, undan ancha kichkina“KUTILGAN MEHMON”
Ba`zi xorijiy OAVlar Erga yaqinlashgan har bir asteroidni“qiyomat toshi”deb atashi natijasida har safarvahima keskinlashib ketmoqda. Xususan, oktyabrdagikosmik “mehmon”ning tashrifi borasida olimlar ancha oldin xabar berishgandi. Uning harakatlanish yo`li Er sayyorasi uchun hech qanday xavfga ega emasligi ham ma`lum edi.ER “QIYoMAT TOShI”DAN HIMOYaLANGANMI?
Texnologiyalar rivojlangan bir davrda samo jismlarining er bilan to`qnashuvidan ko`ra zilzila, sunami to`lqinlari va dovullarinson hayoti uchun xavfliroqdir. Er atrofida uchib yurgan har bir jism olimlar tomonidan yillar davomida kuzatilib turiladi. Agar halokat tug`diradigan jismlar yaqinlashgudek bo`lsa, buning uchun himoya choralari ko`riladi. Bunday xavfli kosmik jismlarga qarshi kurashishda lazer texnologiyasidan foydalaniladi, kosmik bukserlari orqali uning harakatini boshqa tomonga yo`naltirib va hatto yadro yordamida portlatib, parchalab yuboriladi.ERGA YaQINLAShAYoTGAN OSMON JISMLARI XAVFLIMI?
ERGA YaQINLAShAYoTGAN OSMON JISMLARI XAVFLIMI?
Oktyabr oyida sayyoramiz meteoritlar joylashgan hududdan o`tdi. Shuning uchun ham shu oyda sayyoramizga “mehmon”larning tashrifi ko`paygan davr bo`ldi. Ammo bundan vahimaga tushish shartmas. Agar sayyoramiz metioritlar joylashgan hududdan o`tib borayotgan kunlarda tunda osmonni kuzatadigan bo`lsangiz, yonib o`chayotgan yulduzlarni ko`plab ko`rishingiz mumkin. Bu bir chaqnab so`nayotgan narsa Erning gravitasion maydoniga kirib atmosferaning yuqori qatlamlarida yonib ketayotgan jismlardir. Sayyoramiz bunday hududlardan bahor faslining aprelida hamda yozning avgust oyida ham o`tishi kutilmoqda.
Inobat ERNAZAROVA suhbatlashdi