1

15 fevraldan bahorgi Umra mavsumi boshlanadi

Jamiyat 11.02.2014, 14:54
15 fevraldan bahorgi Umra mavsumi boshlanadi
Respublika bo`ylab bahorgi Umra mavsumida 5 750 nafar ziyoratchilarimiz muborak safarga yuborilishlari rejalashtirilmoqda. 

Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmatining [url=http://www.religions.uz/]xabar berishicha, “Umra-2014” bahorgi mavsumi joriy yilning 15 fevralidan 15 mayga qadar davom etadi.

Jumladan, 2013 yil Ramazon mavsumida Saudiya Arabistoni tomonidan ko`rsatilgan muayyan sabablarga ko`ra Umra safariga bora olmagan 400 nafarga yaqin ziyoratchilar Jamoatchilik kengash qaroriga asosan “Umra-2014” bahor mavsumida ziyoratga yuborilishi ko`zda tutilgan.

Madina shahrida ziyoratchilarimiz 4 kun davomida Masjidi Nabaviydan 25 metr masofadagi “Ajniha Toyyiba” mehmonxonasida yashab, barcha muqaddas qadamjolarni ziyorat etadilar. Makkada esa uzoqligi 1 000 metrda joylashgan “Namaa al-Mavadda” mehmonxonasida 6 kun istiqomat qilib, Umra ibodatlarini ado etishga muyassar bo`ladilar.

Ziyoratchilarimizga 8 nafar ishchi guruhi, 27 nafar shifokor, 4 nafar oshpazlarimiz kechayu kunduz xizmat ko`rsatishadi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1