AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “BOLANING TIShLARIGA ZARAR EMASMI?”

'Madad-shifo: “BOLANING TIShLARIGA ZARAR EMASMI?”'ning rasmi

— Kattalarga qo`yiladigan rangli plombalar haqida eshitgandim. Uni kichik yoshdagi bolalarda ham qo`llash mumkin ekan. Shu rostmi? Keyinchalik tishga biror nojo`ya ta`siri bo`lmaydimi?

Abdulla Ikromov, Toshkent shahri

Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV, oliy toifali shikofor-stomatolog:

— Rangli plombalar aynan bolalar uchun ishlab chiqarilgan bo`lib, tarkibi ftorga boy hisoblanadi. Bir marta qo`yilgan rangli plomba qayta tibbiy amaliyotni talab qilmaydi. Negaki, plomba tarkibidagi ftor, tish yuvish vositalaridagi foydali komponentlarni o`ziga shimdirib olib, tish muhofazasini ta`minlaydi. Bolalar uchun ko`k, qizil, moviy va boshqa bir necha rangdagi plombalar mavjud.

    Boshqa yangiliklar