AsosiyJamiyat

IJTIMOIY AHAMIYaTLI DORILARNI TENDER VA KVOTALARSIZ KELTIRIShGA RUXSAT BERILDI

'IJTIMOIY AHAMIYaTLI DORILARNI TENDER VA KVOTALARSIZ KELTIRIShGA RUXSAT BERILDI'ning rasmi

O`zbekistonga ijtimoiy ahamiyatli dorilarni nafaqat mahalliy, balki xorijiy kompaniyalar ham etkazib berishi mumkin, import miqdori cheklanmaydi. Bu O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «O`zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi Farmonida ko`zda tutilgan, deya xabar beradi Norma.

Muqaddam belgilangan narxlar bo`yicha sotiladigan ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiy mahsulotlar importi, Tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari o`rtasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan kvotalar chegarasida o`tkaziladigan tender bo`yicha amalga oshirilar edi.

Endi tender o`rniga Tashqi savdo vazirligi har chorakda faqat jahon narxlari kon`yunkturasi tahlilini o`tkazadi va maxsus Respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiyot buyumlarining oxirgi yo`l qo`yiladigan import shartnoma qiymati bo`yicha takliflar kiritadi.

Takliflarni tashqi savdo, iqtisodiyot, moliya, sog`liqni saqlashvazirliklari hamda MB va Davlat raqobat qo`mitasining vakillaridan iborat Ishchi guruh ko`rib chiqadi. Ishchi guruh hisob-kitobi asosida Respublika komissiyasi import shartnomalari bo`yicha oxirgi yo`l qo`yiladigan qiymatlarni belgilaydi.

Bundan yuqori bo`lgan narxlarda tovarni etkazib berish bo`yicha import shartnomalari tuzish ta`qiqlanadi.

Mazkur toifadagi tovarlarni faqat mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari tomonidan import etkazib berilishi to`g`risidagi talablar hamda Sog`liqni saqlash vozirligi tomonidan kvotalash mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar