AsosiyJamiyat

“O`ZAGROEKSPORT”AJ ANOR VA XURMO MEVALARINI SOTIB OLAYaPTI

' “O`ZAGROEKSPORT”AJ  ANOR VA XURMO MEVALARINI SOTIB OLAYaPTI'ning rasmi

“O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi fermer va dehqonlardan anor va xurmo haridini boshladi.

Joriy yilda eksport salohiyatini oshirish maqsadida mevali bog`lardan olinadigan anor xamda xurmo mevalari eksportini tizimli tashkil etish, istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish, mahsulot eksport mavqeini ko`tarish maqsadida “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O`zagroeksport” AJ fermer va dehqon xo`jaliklari tomonidan etishtirilgan anor mevasini xarid qilishni boshlayotganini e`lon qiladi.

ANOR
Xarid qilinishi mo`ljallanayotgan anor mevasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

  • Navi - Achchiq-dona, kazake, desertny
  • rangi - qizil, to`q qizil, ko`kish-sariq
  • o`rtacha vazni - ≥ 100-200g 70mm, 200-300g 80-960mm, 300-400g 90-100mm, (1 dona mevani vazni)
  • Mevaning ko`rinishi - ≥ Dumaloq, yassi, po`sti qalin, zich, silliq yaltiroq, bir xil kattalikda
  • Mevaning sifat ko`rsatgichi - ≥ Quyosh nuri qattiq ta`sir qilmagan, qora dog` va chiziqlari bo`lmagan bo`lishi shart
  • qadoqlanishi – 5-10 kg lik qog`oz, yog`och va plasmassaqutilar. (qutilar evropoddon yani 80*1.20 yoki 1m*1.20m xajmlariga to`g`ri kelishi shart).

    Ushbu talablarga javob beradigan anor mevasi quyidagi narxlarda xarid qilinadi:
    1-kategoriya (300-400g 90-100mm) – 9000-10 000 ming so`m/kg.
    2-kategoriya (200-300g 80-960mm) – 7000-8000 ming so`m/kg;
    3-kategoriya (100-200g 70mm) – 4000-6000 mingso`m/kg;



    XURMO


    Xarid qilinishi mo`ljallanayotgan xurmo mevasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
  • navi - Tamopon bolshoy, Vaxsh, Zendji-maru, Tadjikiskiy
  • rangi - Tillarang-sariq, to`q sariq, jigarrang
  • o`rtacha vazni - ≥ 50-90g, 85-130g, 125-190g (1 dona mevani vazni)
  • Mevaning ko`rinishi - ≥ Dumaloq, yassi, po`sti qalin, zich, silliq yaltiroq, bir xil kattalikda
  • Mevaning sifat ko`rsatgichi - ≥ Quyosh nuri qattiq ta`sir qilmagan, qora dog` va chiziqlari bo`lmagan bo`lishi shart
  • qadoqlanishi – 5-10 kg lik qog`oz, yog`och va plasmassaqutilar. (qutilar evropoddan yani 80*1.20 yoki 1m*1.20m xajmlariga to`g`ri kelishi shart).

    Ushbu talablarga javob beradigan xurmo mevasi quyidagi narxlarda xarid qilinadi:
    1-kategoriya (125-190 mm) – 2500-2600 ming so`m/kg;
    2-kategoriya (85-130 mm) – 2300-2400 ming so`m/kg;
    3-kategoriya (50-90 mm) – 2200-2300 ming so`m/kg;

    “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor.

    Murojaat uchun telefon: +99871 129 59 59
    Elektron manzil: marketing@uzagroexport.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar