1

Madad-shifo: “BALOG`AT DAVRIDAGI O`ZGARIShLARMI BU?”

Salomatlik 02.11.2017, 17:51
Madad-shifo: “BALOG`AT DAVRIDAGI O`ZGARIShLARMI BU?”

— O`g`lim 14 yoshda. Bir necha kun avval maykasini yuvayotib, ko`krak sohasidagi sarg`imtir dog`larga ko`zim tushdi. O`zidan so`rasam, ko`krak uchini siqqanida suyuqlik ajralishini aytib qoldi. Bilishimcha, bu nome`yoriy holat. Bu vaziyatga kimga murojaat qilish kerak? O`zgarishlarning boisi nima?

A.Kamolova, Navoiy shahri

Dilfuza ORTIQOVA, oliy toifali shifokor-endokrinolog:

Farzandingiz sog`ligida kuzatilayotgan o`zgarishlar balog`at yoshidagi ayrim o`g`il bolalarda uchrab turadi. Tibbiyotda ushbu hodisa ginekomastiya deyilib, endokrinolog ko`rigini talab qiladi. Sizga maslahatim, o`g`lingizni mutaxassis huzuriga olib boring, tegishli tibbiy tahlillar o`tkazilgach, zarur muolaja turi tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1