Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining Davlat byudjeti ijrosining 2017 yil 9 oylik yakunlariga bag`ishlangan navbatdagi yig`ilishi ana shunday raqamlar ma`lum qilindi.

Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 19 410,0 mlrd. so`m yoki umumiy xarajatlarning 54,8 foizi miqdorida mablag` sarflangan. Bu xarajatlar YaIMga nisbatan 11,4 foizni tashkil etadi.
Muhokamalar jarayonida ta`lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`larning maqsadli ishlatilishiga deputatlar tomonidan jiddiy e`tibor qaratildi. Shuningdek, maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta`minlash maqsadida hisobot davrida Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 23,7 mlrd. so`m mablag` ajratilgani qayd etildi.
ESLATIB O`TAMIZ:
Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini yoki 59,5 foizini tashkil etgan ta`lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga Davlat byudjetidan ajratilgan 11 555,1 mlrd. so`m mablag` ajratilgan.
Muhokamalar jarayonida O`zbekiston “Adolat” SDP saylovoldi dasturidan o`rin olgan sog`liqni saqlash sektorini rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo`naltirilgan mablag`lar ijrosi ham fraksiya a`zolari diqqat markazida bo`ldi.
Qayd etilganidek, sog`liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo`naltirilgan mablag`lar miqdori 5 224,3 mlrd. so`mni (yoki ijtimoiy xarajatlarga ajratilgan mablag`larning 26,9 foizini) tashkil etdi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17 iyuldagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida fuqarolarga arzon narxlarda zarur dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini etkazib berish yo`lga qo`yildi va ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lar 2016 yilning mos davriga nisbatan jami 185,8 foizga ortganligi qayd etildi.
Bundan tashqari, fraksiya a`zolari sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko`lami va sifatini oshirishga qaratilgan qaror va farmonlar natijasida 9 oy mobaynida xususiy tibbiyot muassasalari yana 400 dan ziyodga ko`payib, ularning soni 3860 dan oshgani, 2016 yilda 806 tez tibbiy yordam stansiyasi va kichik stansiyasi faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 2017 yilda bu ko`rsatkich 2100 tani tashkil etayotgani aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va ko`lamini yana oshirishga xizmat qilayotganini e`tirof etdilar. Shu bilan birga sohaga ajratilayotgan mablag`larning maqsadli ijro etilishi ustidan samarali parlament nazoratini o`rnatish zarurligini ta`kidladilar.
Qizg`in muhokamalardan so`ng fraksiya a`zolari O`zbekiston “Adolat” SDPning dasturiy maqsadlari nuqtai-nazaridan kelib chiqib o`z taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Yig`ilishi yakunida fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.






