O`zbekistonda mehnat staji va ijtimoiy sug`urta badallari elektron hisobini yuritishga o`tilishi munosabati bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab birinchi bor ishga joylashayotgan xodimlarga «qog`oz» mehnat daftarchalari berilishi to`xtatiladi.
Elektron mehnat daftarchalari quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi:
- Xodimning pasport ma`lumotlari;
- STIR (INN) va Shaxsiy jamg`arma nafaqa hisob raqami (INPS);
- Tahsil to`g`risidagi ma`lumotlar;
- Ishga qabul va mehnat shartnomasi bekor qilingani sanalar (ish joyi va mutaxassisligini ko`rsatgan holda).
Elektron mehnat daftarchasidagi yozuvlar mehnat staji to`g`risidagi ma`lumotnomaga tenglashtiriladi.
Shu bilan birga, xodim iltimosiga ko`ra uning «qog`oz» mehnat daftarchasiga qaydlar 2021 yil 1 yanvargacha kiritib borilishi mumkin. Biroq shundan so`ng ular xodimlarga saqlash uchun topshiriladi.






