1

BOShIGA SAKKIZ KILOGRAMM ASALARI O`RNATGAN ODAM

Rekord 03.11.2017, 15:15
BOShIGA SAKKIZ  KILOGRAMM ASALARI O`RNATGAN ODAM

Shifobaxsh, toza asal kimga yoqmaydi, deysiz. Ammo, bir piyola asal olish uchun millionlab arilar tinimsiz mehnat qilishi kerak bo`ladi. Bundan tashqari, arilarning nishidan qo`rqmaydigan asalarichilarga ham balli, deyish kerak...

Orifjon aka Ilyosov Sirdaryo viloyatida yashaydi. O`ttiz besh yildan beri asalarichilik bilan shug`ullanib keladi. Uni asalarilar bilan “og`a-ini” tutingan ham deyish mumkin. Eng hayratlanarlisi, u asalarilarning nishidan zig`ircha qo`rqmaydi. Suratda ko`rib turganingizdek, yuz-ko`zlarini asalari qoplab olgan bo`lsa-da, biz bilan bemalol suhbatlasha oldi.

— Orifjon aka, o`zin­gizni qanday his qilyapsiz?

— Odatdagidek, biroz noqulay-ku, lekin xotirjamman.

— Asalari chaqishi odam hayoti uchun xavfli emasmi?

— Allergiyasi bor odamlar uchun juda xavfli. Sog`lom odamni ham birvarakayiga 50-60 ta ari chaqsa, hushidan ketib qolishi mumkin. Lekin bizning kasbimiz shunaqa. Asalarining nishiga dosh berolmaydigan odam asalarichi bo`lishi qiyin.

— Hozir boshingizda qancha asalari to`plangan?

— Sonini aniq aytolmayman, lekin umumiy og`irligi sakkiz kilogrammga boradi.

— Bu nima o`zi? Shunchaki qiziqishmi, sog`lomlashtirish mashg`ulotimi?

— Har ikkalasi. Chunki asalari yordamida ultrabinafsha nurlari bosh miyadagi turli illatlarni yo`qotishga yordam beradi.

— Asalning yasamasi bilan haqiqiysini qanday ajratsa bo`ladi?

— Bitta piyolaga qaynoq suv quyib, unga bir qoshiq asal aralashtirganimizda, uning hidi, ta`mi o`zgar­masa, demak, u haqiqiy asal hisoblanadi.

Darvoqe, Orif aka asalariga chaqtirish bo`yicha turli bellashuvlarni ham tashkil etib turadi. Eng bardoshli ishtirokchiga asal beriladi. Siz ham bardoshingizni sinab ko`rmoqchimisiz, Sirdaryoga boravering!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1