Bugun Jizzax viloyatida o`zbek adabiyotining yirik namoyandalari Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim siymosiga o`rnatilgan haykalning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o`tkazilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillar, yoshlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.
Taniqli adib va shoirlar erta tongdan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon bog`ida jam bo`lishdi. Xushovoz xonandalarning ajoyib xonishlari va shoira qizlarning mushoirasi atrofga ajib tarovat baxsh etdi.
Nodir asarlari bilan XX asr o`zbek adabiyotiga munosib hissa qo`shgan har ikkala zabardast ijodkorlarning umr yo`li, bebaho xazinasi yoshlarga yana bir bor ibrat sifatida ko`rsatildi.
Tadbir so`nggida yig`ilganlar haykal poyiga gulchambarlar qo`yishdi.