O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta`minlash, aholini soliq qonunchiligi va soliq sohasiga oid barcha axborotlardan o`z vaqtida xabardor qilib borish, ularning soliq ma`murchiligini takomillashtirishdagi ishtirokini ta`minlashga qaratilgan keng ko`lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirib borilmokda.
Davlat soliq qo`mitasi bu boradagi ishlarni takomillashtirish, xususan, aholi bilan aloqalarni yanada faollashtirish va jamoatchilikning fikrini o`rganib borish maqsadida ijtimoiy so`rovnoma o`tkazmoqda.
Ushbu so`rovnoma natijalariga ko`ra, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatni yanada takomillashtirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqiladi.
Barcha soliq to`lovchilar va fuqarolarni Davlat soliq qo`mitasining www.soliq.uz sayti orqali o`tkazilayotgan ijtimoiy so`rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.






