2017-yilning 7-noyabr kuni O`zbekistonga Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) birinchi vise-prezidenti Filip Bennet boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi.
Keng qamrovli tashrif dasturiga ko`ra Hukumat, Oliy Majlis Senati, Markaziy bank va boshqa etakchi moliya muassasalarida uchrashuv va muzokaralar o`tkazish hamda kredit kelishuvlarini imzolash ko`zda tutilgan.
YTTBning nufuzli delegasiyasi “Markaziy Osiyo: bir o`tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o`zaro farovonlik uchun hamkorlik” muvzuyidagi xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etadi.
04.11.2017 12:31
YTTB DELEGASIYaSI O`ZBEKISTONGA TAShRIF BUYuRMOQDA






