Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktyabrdagi 864-son qaroriga asosan Tadbirkorlik sub`ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlari orqali ko`rsatilayotgan davlat xizmatlari ro`yxatiga elektron raqamli imzo sertifikatini berish xizmati qo`shildi.
Endilikda tadbirkorlik sub`ektlariga elektron raqamli imzo sertifikatini berish adliya organlarining “yagona darcha” markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu esa avvalambor tadbirkorlarning ortiqcha vaqt va sarf xarajatlarini tejashga hamda sansolarliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Ushbu elektron raqamli imzodan tadbirkorlar davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko`rsatiladigan barcha turdagi xizmatlaridan foydalanishda ko`llanadi.






