AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON DUNYoNING 190 DAVLATI IChIDA 74-O`RINDA

'​O`ZBEKISTON DUNYoNING 190 DAVLATI IChIDA 74-O`RINDA'ning rasmi

Shuningdek, mamlakatimiz biznes uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo`yicha etakchi 10 ta islohotchi davlat qatoriga kirdi

Joriy yilning 31 oktyabrida e`lon qilingan “Biznesni yuritish 2018: ish o`rinlari yaratish uchun islohotlar” ma`ruzasiga ko`ra, O`zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o`rinni egallab, o`tgan yildagi mavqeini bir yo`la 13 pog`onaga yaxshiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qolaversa, mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo`yicha islohotchi davlatlarning birinchi o`ntaligiga kirishga muvaffaq bo`ldi.

Jahon bankining “Biznesni yuritish 2018” (“Doing Business”) hisobotidagi 10 ta indikatorning 6 tasi bo`yicha sezilarli o`sishning qayd etilganligi ham ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko`lami va natijadorligidan darak bermoqda.

Joriy yilning 9 oyi davomida o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko`p kichik biznes sub`ektlari tashkil etilganining o`ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi.

“Biznesni yuritish 2018: ish o`rinlari yaratish uchun islohotlar” ma`ruzasi Jahon banki guruhi yillik nashrining 15-soni hisoblanib, unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi tartibga solish normalari baholab boriladi. Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish bo`yicha jahon reytingini Yangi Zelandiya boshqarmoqda. Shuningdek, kuchli beshlikdan Singapur, Daniya, Koreya Respublikasi va Gonkong (Xitoy) joy olgan.

    Boshqa yangiliklar