1

Madad-shifo: “BOLAM DIAREYaDAN QIYNALADI”

Salomatlik 06.11.2017, 11:30
Madad-shifo: “BOLAM DIAREYaDAN QIYNALADI”

— Farzandim har yozda diareyadan qiynaladi. Meva-sabzavotlarni chayib eyish, qo`llar tozaligi kabi barcha qoidalarga amal qilsak-da, ich surishi qaytalanaveradi. Nega shunday bo`ladi?..

Omina G`ulomova, Samarqand viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Deareyani keltirib chiqaruvchi virus va bakteriyalar issiqsevar hisoblanadi. Ular sifati buzilgan taom va eguliklar, yaxshi chayilmagan meva-sabzavotlarda to`planib, ichaklarni ishdan chiqaradi. Virus va bakteriyalardan ajraluvchi toksinlar esa mahsulotlarni yaroqsiz holga kelishi uchun xizmat qiladi. Ich buzilishi va qayt qilish (ba`zan ko`ngil aynishi) diareyaning asosiy belgilaridir. Farzandingizda ushbu bezovtaliklar tez-tez takrorlanayotgan ekan, yo muolaja etarlicha bajarilmayapti yoki bolaning immun tizimi sust.

Sizga maslahatim, to`liq tibbiy tekshiruvlardan o`ting. Ichaklarni ta`sirlantirayotgan virus va bakteriya turini aniqlashga doir tahlil o`tkazilishi ham ayni muddao. Lozim topilsa, immun tizimini mustahkamlovchi muolaja buyuriladi. Bezovtalik boshlanganida ko`proq suyuqlik ichish, loperamid guruhiga mansub preparatlar qabul qilish ichaklarga yordam beradi.

Adsorbent va ichaklar yuzasini qoplovchi vositalar virus va bakteriyalar o`zidan ajratadigan toksinlarni haydab chiqarishga xizmat qiladi. Har ehtimolga qarshi axlat tahlilini topshirgan ma`qul. Agar undagi shilimshiqlik infeksiyaga ishora bersa, ich buzilishining asosiy sababi ham shu.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1