1

Madad-shifo: “ChO`MILAYoTGANIMDA QULOG`IMGA SUV KIRIB KETAVERADI...”

Salomatlik 06.11.2017, 11:37
Madad-shifo: “ChO`MILAYoTGANIMDA QULOG`IMGA SUV KIRIB KETAVERADI...”

— Suvga sho`ng`iganimda, o`ng qulog`im bitib qoladi va ancha vaqt qiynalib yuraman. Bunday bo`lmasligi uchun nima qilish kerak? Asli quloqqa suv kirishi xavfli emasmi?

Davron Hoshimov, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Quloqqa suv kirishi oddiy holat emas. Agar u tez-tez takrorlanayotgan bo`lsa, sababini aniqlashtirish lozim. Bezovtalik ko`pincha ikki xil ko`rinishda uchraydi: quloqning tashqi eshituv kanaliga suv to`planishi. Bunda quloqda yosimsiz holat kuzatilib, barmoq bilan paypaslanganida, suyuqlik borligi seziladi. Mazkur jarayonda quloqning eshituv kanalini tozalash kerak. Ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun yonboshlab yoting. Bu suvning sizib chiqishiga yordam beradi. Jimjiloq barmoq uchi bilan quloq ichini paypaslashingiz ham mumkin. Yana bir usul, paxtani ingichka ko`rinishda buklang-da, quloq ichiga kiriting. Paxta suyuqlikni shimib oladi. Tayyor paxtali cho`pchalardan ham foydalanishingiz mumkin, ammo u quloq pardasini shikastlaydi. Quloqda to`planib qolgan suv chiqarilib yuborilsa ham bezovtalik tarqamayaptimi, u holda quloq kirini tozalatish lozim. Ammo bu ish shifokor nazoratida o`tkaziladi.

Suvga sho`ng`iganda suv quloq va burunga kirib, o`rta quloqqacha etib borishi mumkin. Agar suv o`rta quloqda ushlanib qolsa, quloq bitishi yuz beradi. Bezovtalikni engillatishda tez-tez yutinib turish mashqini bajarish lozim. Kechqurun uyquga yotishdan oldin borat eritmasida ho`llangan paxtani quloq ichiga joylab, quloqni issiq tutish kerak. Shifokor tavsiyasi bilan tomchi preparatlar ham buyurilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1