1

Madad-shifo: “QO`LIMNI KO`TAROLMAYaPMAN...”

Salomatlik 06.11.2017, 11:48
Madad-shifo: “QO`LIMNI KO`TAROLMAYaPMAN...”

— O`ng qo`limni yuqoriga ko`targanimda, yoqimsiz og`riq hissi paydo bo`ladi. Bu nimaning alomati bo`lishi mumkin? Qizig`i, og`riq faqat bir qo`limda, ikkinchisi bezovta qilmaydi. Balki shifokorga ko`rinishim kerakdir...

Nodir Zaripov, Toshkent viloyati

Sunatilla YuLChIEV, sport shifokori:

— Savolingiz mazmunidan, sizdagi o`zgarishlar elka kuraklari aro periartrit alomatlariga o`xshayapti. Bunda elka bo`g`imlarida og`riq bo`lib, qo`lni harakatga keltirganda bezovtalik ortadi. Xastalikning kelib chiqishi asosan jarohat va lat eyish asoratlariga bog`liq. Sizga maslahatim, shifokor ko`rigidan o`ting-da, elka bo`g`imlari magnit rezonans tomografiya tekshiruvini amalga oshiring. Og`riqni paydo qilayotgan omil aniqlangach, tegishli davo choralari belgilanadi. Odatda periartrit xurujlari yarim yildan bir yilgacha cho`zilishi mumkin. Agar o`z vaqtida davosini qilmasangiz, keyinchalik elka bo`g`imlarining qotib qolishi holati paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1