1

Madad-shifo: “JAROHATDAN SO`NG SPORTGA QAYTISh MUMKINMI?”

Salomatlik 06.11.2017, 11:55
Madad-shifo: “JAROHATDAN SO`NG SPORTGA QAYTISh MUMKINMI?”

— O`g`lim ikki yildan buyon futbolga qatnashadi, yoshi 12 da. Mashg`ulotlar davomida tizzasidan lat egandi, har doimgidek jarohatlar deb e`tibor bermabsiz. Ammo ko`p o`tmay tizzasida suv to`plana boshlandi. Hozir shuni deya mashg`ulotlarga qatnasha olmayapti. Shifokorlar “suyuqlikni olib tashlaymiz, ammo sport bilan shug`ullana olmasligi mumkin”, deyishayapti. Chindan ham shundaymi? Tizzada suv to`planishining asl sababi nima?

Omina Abdullaeva, Toshkent shahri

Sunatilla YuLChIEV, sport shifokori:

— Tizzada suv yig`ilishi sinovit deyilib, suyuqlikni olib tashlamay ham muolaja qilsa bo`ladi. Ayni dam o`g`lingizni qayta tibbiy ko`rikdan o`tkazib, tizza sohasining magnit rezonans tomografiya tekshiruvini bajarish kerak. Aniqlangan tibbiy xulosalardan so`ng qay bir davo chorasini qo`llash ma`lum bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1