1

​Madad-shifo: “DAM ISIB KETAMAN, DAM SOVUQ TER BOSADI...”

Salomatlik 06.11.2017, 12:00
​Madad-shifo: “DAM ISIB KETAMAN, DAM SOVUQ TER BOSADI...”

— Yoshim 32 da. So`nggi paytlarda sog`ligimda juda g`alati o`zgarishlar sodir bo`layapti. O`z-o`zidan isib ketaman, vaqt o`tib sovuq ter bosadi. Biror erim og`rimaydi, isitmam chiqmaydi, ammo tushunarsiz holatlar bor. Bu vaziyatda kimga murojaat qilishimni maslahat berasiz? Balki tahlil topshirishim kerakdir?

A.Mahkamova, Samarqand shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Tana haroratining dam ko`tarilib, dam pastlab ketishi ko`p hollarda asab tizimi kasalliklari, endokrin o`zgarishlar hamda infeksion kasalliklar bilan og`rigandan keyingi asoratlar sifatida sodir bo`ladi. Sizdagi o`zgarishlar aynan qay biriga taalluqli ekanligini bilish uchun albatta tibbiy tahlil topshirishingiz shart. Maslahatim, vaqtni o`tkazmay ishga kirishing, negaki keyingi bezovtaliklar bundan-da jiddiyroq bo`lishi ham hech gap emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1