1

​TOMOQ KASALLIKLARIGA QARShI 10 ChORA

Salomatlik 06.11.2017, 12:00
​TOMOQ KASALLIKLARIGA QARShI 10 ChORA
  • Faringit, laringit va anginada sinalgan usullardan biri qizil lavlagi qaynatmasidir. O`rtacha kattalikdagi bitta lavlagini archib, ustidan 1 litr suv quying. So`ng olovga qo`yib, lavlagi pishgunicha qaynating. Dokadan o`tkazilgan qaynatma bilan bir kunda 3 marta tomoqni chayqang.
  • Qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq dengiz tuzini aralashtirib, tomoqni g`arg`ara qilish xam yallig`lanish jarayonlarida asqotadi.
  • Yutinganda tomoqda og`riq bo`lsa, go`shtqiymalagichdan o`tkazilgan limonga asal yoki shakarni aralashtirib, 1 choy qoshiq miqdorida kuniga 2-3 mahal iste`mol qilish mumkin.
  • Oqqarag`ay yog`ini biroz ilitib, tomoqning bodomcha bezlari sohasiga engil surtish spazm og`riqlarini engillashtiradi. Ushbu yog` bilan kurak va ko`krak qafasi sohalarini ham yog`lash mumkin.
  • 2 choy qoshiq ko`k choyni 1 stakan qaynagan suvda damlab, 20 daqiqa tindiring. So`ng dokadan o`tkazib, tomoqni chayishda foydalanish mumkin. Muolajani bir kunda 3-4 marta takrorlash lozim.
  • 1 choy qoshiqdan moychechak va marmarak (shalfey) o`simliklarini 200 gramm qaynatilgan suvda damlab, 15 daqiqaga qoldiring. Dokadan o`tkazib, bir kunda 3-4 mahal tomoqni g`arg`ara qilishda foydalaning.
  • Oddiy ko`ringan sabzi xam tomoq yallig`lanishlarida asqotadi. Buning uchun 2 ta sabzi sharbatini biroz ilitib, tomoqni chayqash lozim. Tarkibidagi antibakterial xususiyatga ko`ra, sabzi sharbati yallig`lanish o`choqlarini bartaraf etadi.
  • 1 osh qoshiqdan evkalipt, marmarak va tirnoqgul (kolendula) o`simliklari aralashmasiga 500 ml.suv quyib, 15 daqiqa qaynating. So`ng 1 choy qoshiq asal va pichoq uchida limon kislotasi kukunini qo`shing. Xosil bo`lgan qaynatma yordamida bir kunda 3 mahal tomoqni chayqash mumkin.
  • Tomoqdagi yallig`lanish shamollash asoratida kelib chiqqan bo`lsa, uyquga yotishdan avval bir bo`lak sarimsoq qo`shib, qaynatilgan 200 gr. sut iching. Sut tomoqdagi og`riqqa foyda bersa, sarimsoq bakteriyalar ta`sirini kamaytiradi.
  • Quruq yo`tal boshlanayotganini sezgan zahotingiz oyoqqa isiriqli vanna qiling. Buning uchun ozroq isiriqni 2 litr suvda qaynatish va uni oyoq kuymaydigan darajagacha sovitish kifoya. Muolajadan so`ng oyoqni issiq tutish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1