1

Madad-shifo: “XOLESTERINNING HAM YaXShI YoMONI BORMI?”

Salomatlik 06.11.2017, 12:07
Madad-shifo: “XOLESTERINNING HAM YaXShI YoMONI BORMI?”

— Bir hafta oldin qon tahlili topshirgandim, tibbiy natijalar menda xolesterin miqdorining ortganini ko`rsatdi. Hozir davolanayapman. Shifokor “yomon xolesterinni kamaytirib, yaxshisini oshirish kerak, shunda ateroskleroz xavfidan xoli bo`lasiz”, dedi. Haqiqatan ham shundaymi? Yaxshi xolesterinni qanday qilib ko`paytiraman, usullari bilan tanishtirsangiz?

Gavhar Sotiboldieva, Samarqand shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Xolesterin – aterosklerozga olib keluvchi asosiy omillardan biri. Uning miqdori qanchalik yuqori bo`lsa, yurakxastaliklarining kelib chiqish ehtimoli shunchalik ortadi. Ammo xolesterin bilan kurashishingiz aterosklerozdan xolisiz degani emas. Aslida qondagi xolesterin xavfli emas. “Dushman”ingiz qon tomir devorlarida to`planib, zimdan hujumga shaylangan xolesterin tiqinlaridir. Lipidlar almashinuvidagi boshqa o`zgarishlar, masalan, qonda trigliseridlar miqdorining yuqoriligi yoxud yuqori zichlikdagi lipoprotein (xolesterin tashuvchi)ning kamligi birgalikda kuzatilsa, aterosklekroz xavfi ortadi. Shartli ravishda xolesterin ikkiga ajratiladi: yuqori zichlikdagi lipoproteid va kam zichlikdagi lipoproteid. Yuqori zichlikdagi lipoproteid bu yaxshi xolesterindir. Kam zichlikdagisi esa aksincha yomoni.Yurak kasalliklariga olib keluvchisi ham aynan shunisi. Nonushtani sariyog`li buterbrodsiz tasavvur qilolmaydiganlardan bo`lsangiz, tez orada bu odat bilan xayrlashishingizga to`g`ri keladi. Birgina sariyog` iste`molining kamaytirilishi 2-4 hafta davomida xolesterin miqdoriga keskin ta`sir ko`rsatadi.

Yog`li smetana, qaymoq, pishloq, tuxumni ham “qora ro`yxat”ga kiritgan ma`qul. Uning o`rniga soyali mahsulotlarga diqqat qiling. Tamakidan ham asta-sekinlik bilan ko`ngil uzishga harakat qiling.

Har kunlik yog` balansini nazorat qiling. Hayvon yog`idan butunlay voz kechganingiz yaxshi. O`simlik yog`lari (kungaboqar, zaytun) esa ortiqcha tashvish keltirmaydi.O`simlik yog`ini salat va eguliklarga ozroq aralashtirish kifoya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1