AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV ShAROF RAShIDOV TAVALLUDINING 100 YILLIGINI NIShONLASh UChUN JIZZAXGA KELDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV ShAROF RAShIDOV TAVALLUDINING 100 YILLIGINI NIShONLASh UChUN JIZZAXGA KELDI'ning rasmi
Bugun, 6 noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirlar o`tkaziladi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi.

Mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax temir yo`l vokzalida tantanali kutib olindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida»gi qaroriga muvofiq Jizzaxda bu voqeaga katta tayyorgarlik ko`rilgan. Sharof Rashidov nomi bilan ataluvchi maydon va muzeyda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ko`cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan.

Dastlab Sharof Rashidov xotirasiga ehson dasturxoni yozilib, Qur`on tilovat qilindi.

    Boshqa yangiliklar