1

Madad-shifo: “ALLERGIYa NASL SURADIMI?”

Salomatlik 06.11.2017, 13:13
Madad-shifo: “ALLERGIYa NASL SURADIMI?”

— Singlimda mavsumiy allergiyaga moyillik bor. Daraxt gullashi, gul changi va turli hidlarga nisbatan o`ta ta`sirchan. Ayni dam u homilador va tug`ilijak farzandida ham allergiyaga moyillik paydo bo`lishidan cho`chiyapti. Ayting-chi, uning xavotiri qanchalik o`rinli?

Komila O`rinboeva, Toshkent shahri

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Ota-onadan birida allergiyaga moyillik mavjud bo`lsa, xastalik farzandlarida ham takrorlanishi mumkin. Ahamiyat bering, biz “mumkin” dedik, demak faqat taxmin qilish mumkin xolos, aniq shunday deb bo`lmaydi. Shunga ko`ra, ota-onadan biri allergik hisoblansa, nasl surish ehtimoli 40-50 foizni tashkil qiladi. Har ikkalasi ham allergik guruhlarga mansub bo`lishsa, ehtimoliy xavf ko`rsatkichi 70-80 foizga ko`tariladi.

Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, allergiyaga moyillik nafaqat qarindoshlik aloqalari, balki organizmdagi o`ziga xoslikdan kelib chiqishi ham mumkin. Singlingiz ayni dam farzand kutayotgan ekan, ortiqcha o`y-xayollarga berilmasin-da, sog`ligini ehtiyotlasin. Farzandli bo`lgach esa go`dak salomatligiga diqqat qilinsa, allergiya moyilligi bor-yo`qligini bilish mumkin bo`ladi.

Har ehtimolga qarshi allergik ta`sirlarni keltirib chiqaruvchi omillar, misol uchun, rangli bo`yoqlar, o`tkir hidli vositalar, tamaki tutuni, o`ta achchiq, sho`r va shirin eguliklar, chang-g`uborga sergak bo`lish zarar qilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1