AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON YoShLARI MUROJAATI: Terrorning millati va dini bo`lmaydi!

'O`ZBEKISTON YoShLARI MUROJAATI: Terrorning millati va dini bo`lmaydi!'ning rasmi

Kuni kecha AQShning Nyu York shahrida sodir etilgan vahshiy zo`ravonlik ortidan barcha o`zbekistonliklarning qalbi qattiq yaralandi. O`zbekistonimiz ma`rifat diyori, bag`rikenglik o`lkasi, insonparvar yurt hisoblansada, o`z ona Vatanini pul ilinjida tashlab chiqib, bir to`da razillardomiga tushib qolayotgan yoshlar bu muqaddas zaminimiz nomiga putur etkazmoqda.

Shu sababli, O`zbekiston yoshlar ittifoqi a`zolari #UzbYoshlariTerrorgaQarshi internet aksiyasi o`tkazish maqsadida yurtdoshlarimizga murojaat qildi. Mazkur aksiyadan ko`zlangan maqsad esa O`zbekiston yoshlari tinchliksevar ekanligi, bizning tuproqdan jahon sivilizasiyasi ravnaqiga hissa qo`shgan qanchadan-qancha buyuk zotlar etishib chiqqanligi, xalqimiz nafaqat birovning jismiga, balki qalbiga ham ozor etkazishni katta gunoh hisoblashi haqida jahon hamjamiyatini keng xabardor qilishdir.

“Bu murojaatni bee`tibor qoldirmay, aksiyamizda o`zingiz va yaqinlaringiz bilan faol ishtirok etishingizga ishonamiz! Zero, bizning yurt ma`rifatparvar, tinchliksevar va bag`rikeng insonlar diyoridir” deyiladi murojaatda. Aksiyaga befarq bo`lmasangiz, quyidagi xeshteklar orqali a`zo bo`ling:

#UzbYoshlariTerrorgaQarshi, #MolodejUzbekistanaProtivTerrora, #YouthOfUzbekistanAgainstTerror, #TogetherAgainstTerror, #BirgaTerrorgaQarshimiz, #VmesteProtivTerrora, #NoTerror, #YoshlarTerrorgaQarshi, #YoshlarIttifoqi, #SoyuzMolodejiUzbekistana, #UzbekistanYouthUnion

    Boshqa yangiliklar