14.02.2014 10:57
4 nafar voyaga etmagan farzandini uyda yolg`iz tashlab dam olgani ketgan ota-ona hibsga olindi
Nyu-York shtatining Sentral-Ayslip shahri polisiyasi bu ish bo`yicha tergov ishlarini boshlab yubordi. ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, ota-ona uydan uzoq bo`lmagan mehmonxonada dam olayotgan payt bir hafta davomida 4, 8, 13, 15 yoshli bolalar uyda yolg`iz qolishgan.
Ular AQShda kuzatilayotgan sovuq ob-havoga qaramay o`z farzandlarini issitish maslamasi ishlamay qolgan uyda qoldirishgan.
Er-xotin bolani havf ostida qoldirish harakatida ayblanmoqda. Ularni qanday jazo kutayotgani noma`lum. Huquni saqlash organlarining xabariga ko`ra, bolalarga zarar etmagan va hozir ular qarindoshlarnikidan birinikida yashamoqdalar.