AsosiyShou-biznes

Italiyadagi mashhur galereyadan o`zbek rassomi Ortiqali Qozoqovning asari o`g`irlandi!

O`zbekiston xalq rassomi, san`at arbobi Ortiqali Qozoqov ijodini barchamiz yaxshi bilamiz. Ammo uning shaxsiy hayoti haqidagi ma`lumotlardan bexabarlar ham ko`plab topiladi.

Bilsangiz, rassom maktabda o`qib yurgan chog`ida ham ko`rgazma o`tkazgan. Uning harbiy xizmat chog`ida chizgan suratlari esa Sevastopol harbiy quruvchilar saroyi muzeyida hamon saqlanmoqda.

Talabaligi haqida esa u shunday deydi: Rassomlar hayoti xuddi bo`yoqlar kabi rang-barang. Van Gog o`ttiz etti yoshigacha 1900 ta asar yaratgan. Birortasini sota olmagan. Uning birgina asarini o`z akasi 70 frankka sotib olgan ekan. Shunday bo`lsa-da, u chizishdan to`xtamagan. Vohalanki, hozir uning asari eng qimmat narxlarda sotiladi. Bir misol, Doktor Gashe asari 87 million dollarga sotildi. Salvador Dali esa asli juda boy bo`lgan, yana unga hali chizilmagan asarlari uchun pul taklif qilishgan. 

Menam talabaligimda juda boy, yaxshi ta`minlangan edim (kuladi). Chunki "Gulxan", "Sharq yulduzi", "Yoshlik", "Guliston" kabi jurnallar bilan hamkorlik qilib, qalam haqi olardim-da! Talabalar mendan qarz so`rab kelishardi. Bu nimaning orqasidan? Albatta,  mehnatning!

Albatta, bu rassom hayotidagi eng shov-shuvli voqealar emas. Ortiqali Qozoqovning hayoti va ijodiga batafsil razm solish imkoniyatini "Darakchi" gazetasining 4-soni sizga tuhfa etadi. Unda siz rassomning 2011 yilda Italiyaning Milan shahrida o`g`irlangan asari, eng qimmatbaho asari, muhabbati va faqat "Darakchi"ga oshkor etgan sirlari haqida bilib olasiz! 

Xo`sh, oltmishdan oshiq eskponat ichidan nega aynan o`zbek rassomining asari o`g`irlandi? U qanday surat edi? Buni bilish uchun darakchi.uz ni kuzatib borishni ham unutmang!

    Boshqa yangiliklar