14.02.2014 11:50
Janubiy Koreya va KXDR yuqori darajadagi ikkinchi muzokaralarni o`tkazdi
Bu haqda RIA axborot agentligi xabar bermoqda. Hozircha tomonlar muzokaralar yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot berishmadi.
Muzokaralar Pxanmunchjom chegara punktida bo`lib o`tdi. Unda 1950-1953 yillarda Koreya urushi vaqtida ajralib ketgan oilalarning uchrashuvlari muhokama qilindi. Shuningdek, KXDR Janubiy Koreyadan Amerika-Janubiy Koreya harbiy o`quv mashg`ulotlarini bekor qilishni talab qildi.
Avvaliga ajralib ketgan oilalar uchrashuvlari 20-25 fevral kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi. 2013 yilning kuz oyida tomonlar uchrashuvni tashkil qilishga tayyor edilar, ammo so`nggi pallada uchrashuv bekor qilingan.