O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligining Maslahatlashuv kengashi (Parlamenti) a`zosi, Saudiya Arabistoni-O`zbekiston parlamentlararo do`stlik qo`mitasi raisi o`rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G`omidiy boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Suhbat chog`ida O`zbekiston va Saudiya Arabistoni parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash istiqbollari nuqtayi nazaridan ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Muzokaralarda 2017 yil 21 may kuni Ar-Riyod shahrida Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashuvi O`zbekiston va Saudiya Arabistoni muloqotini chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi.Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko`rib chiqildi.






