AsosiyJamiyat

Xitoy delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

'Xitoy delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo`mitasi Xalqaro aloqalar konselyarisi boshlig`ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi Xitoy delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Suhbat chog`ida ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalari ko`rib chiqildi. Ta`kidlanganidek, XXR rivojlanishida yangi davrga o`tilganini belgilab bergan Xitoy Kommunistik Partiyasining 19 s`ezdi o`z ishini muvaffaqiyatli yakunlagani o`zaro manfatlarni aks ettirgan ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda izchil chuqurlashishi uchun yangi istiqbollarni ochadi. Uchrashuvda Xitoy Elchisi Sun Litze ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti ma`lum qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar