2017 yil 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” mavzusida Media-forum o`tkaziladi.
Tashkilotchilar – O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasi (O`EOAVMA), “Zamon Press Info” Nashriyot uyi, “Uzbekistan Today” agentligi, “Karavan TV”, “Sevimli TV” telekanallari, hamkorlar – O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Konrad Adenauer jamg`armasining O`rta Osiyodagi hududiy vakolatxonasi va YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi.
Tadbirda milliy olimlar va ekspertlar, jahon fani vakillari, muzeylar, kutubxonalar, ilmiy institutlar va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashadi.
Tadbir davomida “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” eksklyuziv madaniy-ma`rifiy media-loyihaning navbatdagi kitob-albomlari va hujjatli filmlari taqdim etiladi.
Ular quyidagi o`zbek kolleksiyalariga bag`ishlangan:
- Davlat Ermitaji (Sankt-Peterburg),
- Davlat tarix muzeyi va amaliy-dekortativ va xalq san`ati Butun Rossiya muzeyi (Moskva),
- Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`l yozmalari instituti (Sankt-Peterburg),
- I.V.Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi (Nukus),
- O`zbekistonning musiqiy san`ati Rossiya to`plamlarida.
Shu bilan birga, 2018 yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Rossiya, Tursiya, Chexiya, Yaponiya muzeylari va kutubxonalari bilan birgalikda yangi albomlarni nashr etish bo`yicha istiqbolli loyihalar belgilanadi.
Media-forumning asosiy gumanitar voqeasi deb O`zbekiston Hukumati va xalqiga sovg`a sifatida Sank-Peterburgdagi RFAning Sharq qo`l yozmalari instituti to`plamida saqlanayotgan qadimiy qo`l yozmalarning bebaho faksimil nusxalarini, jumladan, Husayn Boyqaroning devonlari, mashhur “Katta Langar”, Usmon Qur`oni, “Temur qonunlari” va boshqa ajoyib qo`lyozmali manbalar namunalarini topshirishning tantanali marosimi hisoblanadi.
Nusxa ko`chirish Avstriyaning Mueller & Schindler mashhur bosmaxonasiga topshirilgan, hashamatli nusxalarda qog`ozning maxsus, asl nusxaga maksimal darajada yaqin turi qo`llanilgan va tabiiy oltin ishlatilgan.
Mazkur tabdir nafaqat muhim madaniy va ilmiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham ega bo`ladi, negaki O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonidagi yorqin hodisa bo`ladi.
Media-forum doirasida shuningdek “O`zbekiston musiqiy san`ati kechasi” rejalashtirilgan bo`lib, unda konsert dasturi bilan san`at ustalari va o`zbek milliy klassik musiqasi ijrochilari chiqadi.
Bundan tashqari, quyidagilar taqdim etiladi:
- “O`zbekiston misiqiy merosi” kitob-albomi,
- Sankt-Peterburgdagi RFAning Pushkin uyida saqlanayotgan restavrasiya qilingan XX asr boshiga mansub o`zbek musiqiy san`ati durdonalarining mum g`o`lachalarda yozilgan ilk audio yozuvlari,
- “Rossiya-Kultura” telekanalining “O`zbekiston: O`zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi.






