15.02.2014 10:10
AQSh muzlagan yo`lida yuzlab avtomobillar to`qnashuvi sodir bo`ldi
Bir necha yuk mashinalari va 75 ta engil avtomobillar Filadelfiya yaqinidagi Benseylem shahri shossesida bir-biriga to`qnashib ketdi.
YTH oqibatida bir necha kishi jarohatlandi. Aynan o`sha yo`lda yana 30 mashina bir-biriga urilib ketgan. Voqea joylariga shifokorlar, qutqaruv xizmati xodimlari hamda o`t o`chiruvchilar etib kelishgan.
YTH sodir bo`lgan trassada avtomobillar harakati bir necha soatga to`xtatib qo`yildi. Polisiya tomonidan aylanma yo`llar tashkil qilindi.
AQShning 49 shtatida kuzatilayotgan sovuq havo yuzdan ortiq YTHlarni yuzaga keltirmoqda.