O`ZBEKISTONDA SAYYoHLARGA XIZMAT KO`RSATUVChI AVTOBUSLAR IShLAB ChIQARISh YO`LGA QO`YILMOQDA. Ayni vaqtda Samarqandda MAN A22 CNG avtobuslari ishlab chiqarilmoqda. “JV MAN Auto Uzbekistan” qo`shma korxonasi Coach Bus turkumidagi avtobuslarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Bunday avtobuslar shahar transporti sifatida ham, sayyohlarga xizmat ko`rsatish maqsadida ham foydalaniladi. Ma`lumotlarga ko`ra, transport vositalari yuqori xavfsizlik hamda birmuncha qulayliklariga ega bo`ladi. Ayni vaqtda Samarqandda MAN A22 CNG avtobuslari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarishning, ya`ni butlovchi ehtiyot qismlarning 30 foizdan ortiq qismi “mahalliylashtirilgan”. Kelajakda ishlab chiqariladigan mazkur avtobuslarni Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozog`iston, Tojikiston va Turkmaniston bozorlariga sotish mo`ljallangan. Bu haqda qalampir.uz xabar bermoqda.






