AsosiyJamiyat

JIZZAX VILOYaTI MIRZAChO`L TUMANIDA YaNGI KORXONA ISh BOShLADI

'JIZZAX VILOYaTI MIRZAChO`L TUMANIDA YaNGI KORXONA ISh BOShLADI'ning rasmi

Jizzax viloyati Mirzacho`l tumani “G`alaba” mahalla fuqarolar yig`ini hududida “Tikuvchi Dilnoza” xususiy korxonasi ish boshladi. Bu erda 10 ga yaqin turdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda. Bu haqda O`zAA xabar bermoqda.


— Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik, ayniqsa, yoshlar biznesini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibordan ruhlanib, homiylar ko`magida ajratilgan 65 million so`mga tikuvchilik sexi ochdik, - deydi korxona rahbari Dilnoza Jo`raeva. — Ishni o`tovlarda tashkil etganmiz. O`tovlardan biriga tikuv uskunalari o`rnatilgan bo`lsa, ikkinchisida bichish ishlari amalga oshiriladi. Ayni paytda bolalar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ishlab chiqarmoqdamiz.

    Boshqa yangiliklar