O`ZBEKISTON BIR MUDDAT INTERNETDAN UZILDI
Bugun, 7 noyabr kuni O`zbekistonda soat 13:50-14:40 oralig`ida internet ishlamadi. Bu haqda kun.uz nashri xabar bermoqda.
Internetdagi «avariyaviy holat» butun O`zbekiston bo`ylab kuzatilgan, o`zbekistonliklar bu vaqt oralig`ida na mobil qurilmalar orqali va na kompyuterdan internetga ulana olishdi.
Hozircha bu vaziyat yuzasidan barcha provayderlarga internet uzatuvchi «O`zbektelekom» tomonidan rasmiy izoh berilmadi.
O`zbekistonda bunday holat oxirgi marta 2014 yilning 16 yanvarida kuzatilgan, o`shanda yarim soatdan ortiqroq vaqt davomida internetga kirishning imkoni bo`lmagandi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy operatori internetni Qozog`iston hududidan o`tuvchi optik tolali kabel orqali Rossiyadan oladi. Shu optik tolali kabel magistralida ehtimoliy avariya O`zbekistonni internetdan uzib qo`yishi mumkin.
O`zbekistonda bugun 15 milliondan ziyod internet foydalanuvchisi, 21 milliondan ziyod mobil aloqa foydalanuvchisi mavjud. Ularning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun 18 mingga yaqin mobil aloqa baza stansiyalari o`rnatilgan va ularning soni oshib bormoqda.
Lekin O`zbekistonda internet sifati ham emas, mobil internet tezligi reytingida O`zbekiston 106-o`rinda, simli internet reytingida 126-o`rinda qayd etilgan.






